Serhou Guirassy Borussiya Dortmundni tark etishi mumkin

1 daqiqa o'qish652
Serhou Guirassy Borussiya Dortmundni tark etishi mumkin

Borussiya Dortmund hujumchisi Serhou Guirassy faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Istanbulning Fener klubi futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy harakatlarni boshlab yuborgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

TRT Spor xabariga ko‘ra, Fener rahbariyati va futbolchi o‘rtasida muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgan. Klub prezidenti Sadettin Saran hujumchi bilan shaxsan uchrashib, dastlabki kelishuvga erishgan. Ayni damda turk klubi Borussiya Dortmund bilan transfer shartlarini muhokama qilmoqda.

Garchi Guirassyning Borussiya Dortmund klubi bilan 2028-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bo‘lsa-da, Sky Sport nashri futbolchi yozda jamoani tark etishga qaror qilganini ta’kidlamoqda. Unga Real Madrid va Manchester Siti kabi grand klublar qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Shuningdek, Tottenxem va Milan klublari ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Borussiya Dortmund sport direktori Lars Ricken esa jamoaning mavsum yakunidagi o‘yinidan mamnun ekanligini va kelasi mavsumga katta ishonch bilan qarayotganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?