date

O'zbekiston bokschilari xalqaro turnirda zafarli ishtirok etmoqda


O'zbekiston boks terma jamoasi xalqaro World Boxing turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Navbatdagi musobaqa kunida jamoa vakillaridan bir qismi yarim finalga yo'l oldi, ayrimlari esa chorak finalda ishtirokini yakunlashdi.

57 kg vazn toifasida Sitoraxon Turdibekova Xitoy Taybey vakilasi Vu Shix Yi bilan bahsda 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi. 55 kg vazn toifasida Samandar Olimov Janubiy Koreyalik Shin Jayeong ustidan 5:0 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo'l oldi.

75 kg vazn toifasida Javohir Abdurahimov Qozog'istonlik Aman Konsbekovni 4:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Shuningdek, 90 kg vazn toifasida Nusratbek Tohirov ukrainalik Bog'dan Tolmachevni 4:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.

50 kg vazn toifasidagi jang esa o'tkazilmadi, chunki Janubiy Koreyalik Yon Tegun tibbiy sabablarga ko'ra musobaqani tark etdi. Shu sababli Asilbek Jalilov avtomatik ravishda keyingi bosqichga o'tdi.

Muhammadzizbek Ismoilov 70 kg vazn toifasida Janubiy Koreyalik Kim Joonsuni 5:0 hisobida mag'lub etib, navbatdagi bosqichga yo'l oldi. 85 kg vazn toifasida Jasurbek Yo'ldoshev avstraliyalik Jon Lachlanni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, kunni g'alaba bilan yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O'zbekiston bokschilari xalqaro turnirda zafarli ishtirok etmoqda