
Italiyada «Napoli» va «Roma» o'rtasida futbolchilar almashinuvi bo'yicha variant muhokama qilinmoqda. Unga ko'ra, ukrain hujumchisi Artyom Dovbik Rimni tark etib, Neapol jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu almashinuv doirasida «Roma» esa Lorenso Lukkani o'z safiga qo'shib olishi ehtimoli bor. Bu ssenariy haqida transferlar bo'yicha ishonchli manba sifatida tanilgan jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi, biroq u qo'shimcha tafsilotlarni ochiqlamadi.
Eslatib o'tamiz, «Napoli» amaldagi Italiya chempioni bo'lib, hozirda A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. «Roma» esa Antonio Konte jamoasidan ortda qolmay, to'rtinchi pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.