
Amerikalik bloger va professional bokschi Jeyk Pol sobiq jahon chempioni Entoni Joshua ishtirokida yuz bergan fojiali avtohalokat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Pol ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan bayonotida ushbu voqea har qanday sport raqobatidan ham og‘irroq ekanini ta’kidladi. U halok bo‘lgan murabbiylar xotirasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Hayot boksdan ancha muhim. Kevin Latif va Sina Gxamining ruhi shod bo‘lsin. Ularning oila a’zolari, yaqinlari va, albatta, Entoni Joshua uchun ibodat qilaman», — deya yozdi Jeyk Pol.
Ma’lumot uchun, bu ikki sportchi o‘rtasida yaqinda o‘tgan jang katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. O‘sha bahsda Entoni Joshua Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan.
Fojiali voqea esa butun boks jamoatchiligini chuqur qayg‘uga solib, sport olamida hamdardlik kayfiyatini kuchaytirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.