date

«Real»ning yozgi transferlar uchun asosiy maqsadlari ma’lum bo‘ldi

«Real»ning yozgi transferlar uchun asosiy maqsadlari ma’lum bo‘ldi

Madridning «Real» klubi kelasi yozgi transfer oynasida jamoaning o‘rta chizig‘ini jiddiy tarzda mustahkamlashni maqsad qilgan. AS nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyatining asosiy e’tibori hozirda Niderlandiyaning «AZ» jamoasida porlayotgan 19 yoshli yarimhimoyachi Kes Smitga qaratilgan.

Yosh futbolchi mavsum yakunidan so‘ng faoliyatini yuqori saviyadagi grand klubda davom ettirishga qarshi emasligini bildirgan. Shu bois «Real» uni aynan yozda o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqchi. Manbalarga ko‘ra, ushbu transfer uchun talab qilinayotgan summa 60 million yevrodan ham oshib ketishi mumkin.

Shu bilan birga, «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton madridliklarning qisqa ro‘yxatiga kiritilmagani qayd etilmoqda. Ammo «PSJ» safida to‘p surayotgan Vitinyaga bo‘lgan qiziqish hali ham saqlanib qolgan. Biroq bu bitimni amalga oshirish oson kechmasligi ta’kidlanmoqda.

Qo‘shimcha qilib o‘tish joiz, avvalroq «Real» 2026-yil yozida o‘z tarbiyalanuvchisi Nikolas Pasni «Komo» jamoasidan 9 million yevrolik qayta sotib olish bandi orqali ortga qaytarishi deyarli aniq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu esa madridliklarning kelajak uchun yarimhimoyada keng rejalar tuzib qo‘yganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real»ning yozgi transferlar uchun asosiy maqsadlari ma’lum bo‘ldi