date

Yulduz Usmonova ajrashgan ayollarni unitazga o‘xshatgani yuzasidan tushuntirish berdi

Yulduz Usmonova ajrashgan ayollarni unitazga o‘xshatgani yuzasidan tushuntirish berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kun avval tarqalgan video ortidan xonanda Yulduz Usmonova keskin tanqidlarga uchragan edi. Unda u ajrashgan ayollar haqida aytgan o‘xshatishlari ko‘pchilik tomonidan kamsitish sifatida qabul qilinib, salbiy munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Videoning keng muhokamaga aylanishidan so‘ng xonanda ushbu gaplariga shaxsan o‘zi izoh berdi. Yulduz Usmonovaning ta’kidlashicha, uning so‘zlari mutlaqo haqorat yoki kamsitish maqsadida aytilmagan.

— “Kim o‘rmonda yo‘qolgan bo‘lsa, bu uning o‘zining ishi. Yo‘qolganni ushlab bo‘lmaydi. Lekin saqlab qolish mumkin bo‘lgan oilalarni saqlab qolaylik, degan niyatda gapirdim”, — dedi xonanda.

U shuningdek, asosiy maqsad jamiyatda oila qadrini asrash ekanini alohida urg‘ulab o‘tdi:

— “Yolg‘izlik Allohga yarashadi. Shuning uchun oilalarni asraylik, insonlar baxtli bo‘lishsin. Ilohim, 2026 yilda ajrashishlar kamaysin”, — deya fikrini yakunladi Yulduz Usmonova.

Xonandaning bu izohi oltidan ayrimlar uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar bahsli mavzuda ehtiyotkorlik muhimligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova ajrashgan ayollarni unitazga o‘xshatgani yuzasidan tushuntirish berdi