date

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zgidromet 2025 yil 31 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha kutilgan yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarishi sabab respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligini ma’lum qildi.
Tezkor ogohlantirishga ko‘ra, Qashqadaryo (Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz), Surxondaryo (Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun), Samarqand (Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut), Jizzax (Baxmal, Zomin), Toshkent (Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron — Chotqol tizmasi) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida xavf yuqori.
Mutaxassislar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va bu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga, xavfli hududlarda harakatni cheklashga chaqirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi