
“Milan” tarkibida tez orada yangi futbolchi debyuti kutilmoqda — jamoaga germaniyalik hujumchi Niklas Fu'lkru'g' qo'shildi. U allaqachon yaqin turda, juma oqshomida “Kalyari”ga qarshi bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu borada bosh murabbiy Maks Allegri ham ishora berdi. Uning aytishicha, Fu'lkru'g' jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilgan va murabbiy uning transferidan mamnun.
“Taqvim tobora tig'izlashmoqda, jarohatlar esa ko'payib ketmoqda. Fu'lkru'g' o'yin reja bo'yicha ketmay qolgan paytlarda yordam bera oladi. Ko'pincha shunday bo'ladi: bir narsani rejalashtirasan, maydonda esa butunlay boshqacha vaziyat yuz beradi”, — deya Allegri so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni paytda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.