
O‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Rasuljonov Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan RCC Boxing turnirida EBR chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundidayoq Janubiy Afrika Respublikasi vakili Lusanda Komanisini nokautga uchratdi.
Bu g‘alaba Rasuljonovning professional faoliyatidagi 11-g‘alabasi bo‘lib, u hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Xurshidbek Rasuljonov tajribali raqib, 35 dan ortiq professional jang o‘tkazgan Lusanda Komanisi qarshisiga ringga chiqdi.
Jangning dastlabki soniyalaridan boshlab Rasuljonov tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. U masofani muvaffaqiyatli nazorat qilib, raqibiga yuqori tempni majbur qildi.
Komanisi qarshi hujumlar uyushtirishga urindi, biroq tezlik va aniqlik borasida Rasuljonov ustunlik qildi. Ikkinchi raundda Rasuljonov kuchli zarbalar seriyasini amalga oshirib, uni aniq zarba bilan yakunladi.
Shu zarbadan so‘ng Komanisi ringda yiqilib qoldi va hakam jangni to‘xtatib, nokautni qayd etdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.