date

2025/2026 o‘quv yilida nomdor davlat stipendiyalari uchun maxsus testlar o‘tkazilmaydi

2025/2026 o‘quv yilida nomdor davlat stipendiyalari uchun maxsus testlar o‘tkazilmaydi

Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida nomdor davlat hamda prezident stipendiyalariga da’vogarlar uchun alohida maxsus test sinovlari tashkil etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi prezident va nomdor stipendiyalarni tayinlash bo‘yicha yangi tartibni tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha sinovlar — IT, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillar bo‘yicha testlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan so‘ng talabalardan mazkur yangilik yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgani aytiladi. Vazirlik esa yangi talablar faqat 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab kuchga kirishini aniqlashtirdi.

Demak, joriy o‘quv yilida o‘z oliy ta’lim muassasasida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, hujjatlarini respublika bosqichiga topshirgan talabalar uchun qo‘shimcha testlar qo‘llanilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 2025/2026 o‘quv yilida nomdor davlat stipendiyalari uchun maxsus testlar o‘tkazilmaydi