Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi

1 daqiqa o'qish49.4K
Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi

Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov to‘y marosimida qo‘shiq kuylab, unga uzatilgan pullarni qabul qilayotgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Madaniyat vazirligi rasmiy izoh berdi.
Video 2025 yil 25 oktyabr kuni vazirlik xodimlaridan birining nikoh to‘yida tasvirga olingan. Unda vazirga muxlislar tomonidan pul uzatilgani aks etgan.
Rasmiy izohda ta’kidlanishicha, ushbu holat oldindan rejalashtirilmagan. Vazirga uzatilgan pullarni qabul qilmaslik to‘y ishtirokchilari tomonidan kamsitish yoki mensimaslik sifatida qabul qilinishi mumkinligi inobatga olingan. Shu bois, yuzaga kelgan vaziyatga ijobiy munosabat bildirilgan.
Vazirlikka ko‘ra, to‘y marosimlarida xonandalarga pul qistirish amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan. Bu esa xalqimiz orasida asrlar davomida shakllangan milliy urf-odat va qadriyatlarning bir qismi hisoblanadi. O‘zbek an’analarida bu holat “orzu-havas” sifatida qabul qilinadi.
Shuningdek, rasmiylar Ozodbek Nazarbekov nafaqat vazir, balki taniqli xonanda ekanini eslatgan. U O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq artisti, shuningdek xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hisoblanadi. To‘yda kuzatilgan holat ham aynan uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda baholanishi lozimligi ta’kidlangan.
«Har qanday inson, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, o‘z tanlagan kasbidan ayro bo‘la olmaydi. Bu holat ham shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan», deyiladi vazirlik bayonotida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?