U-23 Osiyo kubogi. "D" guruhida ikkinchi tur o‘yinlari yakunlandi

Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi qizg‘in davom etmoqda. Bugun “D” guruhida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va jamoalar navbatdagi bahslarini maydonda ko‘rsatishdi.
Ikkinchi turning birinchi bellashuvida Xitoy jamoasi Avstraliyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va guruhda o‘zini kuchli ko‘rsatdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Iroq va Tailand termalari maydonga tushib, bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Hozirgi vaziyatga ko‘ra, Xitoy guruhda 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Avstraliya esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu natijalar “D” guruhidagi raqobatning qanchalik qiziqarli davom etayotganini ko‘rsatadi va muxlislarning qiziqishini yanada oshirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing