date

AQSH Markaziy Osiyoning uch davlati fuqarolari uchun 15 ming dollargacha vizaviy garov joriy etmoqda

AQSH Markaziy Osiyoning uch davlati fuqarolari uchun 15 ming dollargacha vizaviy garov joriy etmoqda

AQSH Davlat departamenti tajriba tariqasida yangi dastur ishga tushirib, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolaridan viza olishda 15 ming dollargacha garov puli talab qilishi mumkin. Oʻzbekiston fuqarolari ushbu tartib doirasiga kiritilmagan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Yangi talablar B1/B2 toifasidagi vizalar — xizmat safari va turistik safarlar uchun ariza topshiruvchilarga taalluqli. Turkmaniston fuqarolari uchun qoida 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirgan, Qirgʻiziston va Tojikiston bo‘yicha esa 21 yanvardan joriy etilishi belgilangan.

Dastur shartlariga ko‘ra, AQSH konsulliklari viza suhbati vaqtida arizachidan 5 ming, 10 ming yoki 15 ming dollar miqdorida garov kiritishni so‘rashi mumkin. Garov summasi har bir holatda alohida belgilanadi va migratsion xavf omillari inobatga olinadi.

Moliyaviy garovdan tashqari, qo‘shimcha cheklovlar ham nazarda tutilgan: bunday viza egalari AQSHga faqat uchta xalqaro aeroport orqali kirib-chiqishi mumkin. AQSH rasmiylari mazkur chora vaqtinchalik tajriba ekanini, uning maqsadi esa moliyaviy kafolatlar migratsiya nazoratida qanchalik samarali ishlashini baholashdan iboratligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Markaziy Osiyoning uch davlati fuqarolari uchun 15 ming dollargacha vizaviy garov joriy etmoqda