Xabi Alonso Lamin Yamal finalga ta’sir qilmasligini aytdi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso bo‘lajak final uchrashuvi oldidan “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Mutaxassis futbolchining yuqori darajadagi iqtidoriga shubha yo‘qligini ta’kidlar ekan, madridliklar tayyorgarlik jarayonida alohida bir o‘yinchiga qarab taktika tuzmasligini ochiq aytdi.
Alonsoning so‘zlariga ko‘ra, Lamin Yamal o‘z yoshiga nisbatan juda yetuk va maydonda ajoyib o‘yin namoyish etayotgan futbolchi hisoblanadi. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” uchun asosiy e’tibor o‘z o‘yin uslubi va jamoaviy rejaga qaratilgan.
“Uni alohida tanishtirish shart emas. Yoshi va ko‘rsatayotgan o‘yinining o‘ziyoq uning qanchalik fantastik futbolchi ekanini ko‘rsatib turibdi. Albatta, u ajoyib o‘yinchi, ammo bizning o‘yin rejamizga bevosita ta’sir qilmaydi”, — dedi Xabi Alonso.
Ma’lumot uchun, final bahsi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «Alinma Stadium»da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi va futbol muxlislari yana bir tom ma’nodagi prinsipial to‘qnashuvga guvoh bo‘lishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!