date

Gʻalaba taqdirini “pyatka” hal qildi Jirona Montilivida Osasunani yengdi

Gʻalaba taqdirini “pyatka” hal qildi Jirona Montilivida Osasunani yengdi

La Liganing 19-turida “Jirona” o‘z maydonida “Osasuna”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol tanaffus arafasida urildi.

Montilivida mezbonlar o‘yin boshidanoq tashabbusni qo‘lga oldi va hujumlarni asosan qanotlar orqali qurishga urinib ko‘rdi. Tsygankov hamda Brayan muntazam ravishda bosimni kuchaytirib bordi. “Osasuna” esa ko‘proq standart vaziyatlar va jarima maydonidagi kurash evaziga javob qaytardi: Budimir ikki bor bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi, biroq to‘p nishonga bormadi.

Uchrashuvning burilish nuqtasi 44-daqiqada yuz berdi. Aleks Moreno chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, markazga uzatma berdi. Vladislav Vanat noodatiy yechim topib, to‘pni “pyatka” bilan darvozaga yo‘naltirdi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda “Osasuna” to‘p nazoratini oshirib, oldinga yanada faol o‘ta boshladi. Garsiya uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan to‘sinni “sinab ko‘rdi” va o‘yinga yana intriga qo‘shdi. “Jirona” esa vaziyatni pragmatik tarzda boshqarib, himoyada tartibli harakat qildi. Gassani ga chiqishlarda ishonchli o‘ynab, yuqoridan uzatmalarni o‘z vaqtida neytralladi.

VAR mezbonlarning ehtimoliy ikkinchi goli bo‘yicha epizodni tekshirdi, ammo hisob o‘zgarmadi. Yakuniy daqiqalarda “Osasuna” bosimni kuchaytirgan bo‘lsa-da, tenglashtiruvchi golni urishga erisha olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gʻalaba taqdirini “pyatka” hal qildi Jirona Montilivida Osasunani yengdi