date

Bekzod Qurbonov Abu-Dabida oltin medalni qo'lga kiritdi

Bekzod Qurbonov Abu-Dabida oltin medalni qo'lga kiritdi
O'zbekistonlik chavandoz Bekzod Qurbonov Abu-Dabida o'tkazilgan CSI4 xalqaro ot sporti musobaqasida g'olib bo'ldi. U 135 sm balandlikdagi to'siqlarni eng muvaffaqiyatli va tezkor tarzda bosib o'tib, musobaqaning eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Mazkur musobaqada Bekzod Qurbonov "Santos Hippica" laqabli oti bilan ishtirok etdi va 91 nafar qatnashchi orasida birinchilikni qo'lga kiritdi. Shu tariqa, u dunyoning turli davlatlaridan kelgan kuchli raqiblarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bekzod Qurbonov Abu-Dabida oltin medalni qo'lga kiritdi