Kam uxlash umrga zarba: iliq suvli yuvinish yordam beradimi?

So‘nggi paytlarda uyqu mavzusi yana kun tartibiga chiqdi: ispaniyalik terapevt Visente Mera surunkali tarzda kam uxlash organizmga og‘ir bosim berishi, vaqt o‘tib sog‘liqqa “sekin bomba” bo‘lib ishlashi mumkinligini ta’kidladi. Uyqu — shunchaki dam olish emas, bu tananing tiklanish rejimi. Qisqasi, “keyin uxlab olaman” degan rejani organizm har doim qabul qilavermaydi.
Uyquga tayyorgarlikni ertaroq boshlash kerak
Mutaxassisning tavsiyasi oddiy: uxlashdan kamida 1 soat oldin o‘zingizni “tinch rejim”ga o‘tkazing. Bu vaqtda eng asosiy qadam — ekranlardan uzoqlashish. Smartfon, televizor, planshetdan chiqadigan yorug‘lik melatonin (uyqu gormoni) ishlab chiqilishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun miya “hali kunduz-ku” deb qoladi.
Qisqa qilib aytsak: kechasi telefonga tikilish — miyaga “uyquni cancel qildik” degan signal.
Iliq dush yoki yuzni iliq suv bilan yuvish nima beradi?
Mera fikricha, issiq dush qabul qilish yoki yuzni iliq suv bilan yuvish tanani uyqu vaqti kelganiga “ishora” qiladi. Hissiyot jihatdan ham tana bo‘shashadi, asablar tinchiydi, uyqu tezroq kelishi osonlashadi. (Bu mo‘jiza emas, lekin yaxshi “layfxak”.)
Eng kuchli odat — barqaror rejim
Mutaxassis alohida urg‘u bergan nuqta: har kuni bir vaqtda uxlash va uyg‘onish. Hatto dam olish kuni ham. Chunki muntazamlik biologik soatni “sinxron” holatda ushlab turadi. Uyqu bo‘yicha tavsiyalarda ham doimiy grafikni saqlash muhimligi qayd etiladi.
Kechki “uyqu rejimi”ni tez yo‘lga qo‘yish uchun 5 qadam
1. Uxlashga 1 soat qolganda telefonni chetga qo‘ying..
2. Xonani salqinroq va qorong‘iroq qiling.
3. Iliq dush yoki yuzni iliq suv bilan yuvib oling.
4. Qahva, kuchli choy, energetikni kechqurunga qoldirmang.
5. Bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turishni odat qiling.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!