Anchelotti Braziliya terma jamoasida uzoq muddat qoladi

Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti kelajagi borasida qarorini aniq qildi. Globo Esporte xabariga ko'ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) va italiyalik mutaxassis yangi kelishuv bo'yicha umumiy to'xtamga kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Anchelotti yangi shartnomani fevral oyida imzolashi kutilmoqda. Ushbu bitimga asosan u Braziliya terma jamoasini 2030 yilgi jahon chempionati yakunigacha boshqaradi.
Qayd etilishicha, Braziliya tomoni yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati natijalaridan qat'i nazar, Anchelotti bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar oktyabrda boshlangan va o'tgan yil oxiriga kelib yanada jadallashgan, endilikda esa asosiy masala byurokratik jarayonlarni yakunlash bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!