date

Kvant kompyuteri ilk bor 15 bitli kriptografik kalitni buzdi

Kvant kompyuteri ilk bor 15 bitli kriptografik kalitni buzdi

Mustaqil tadqiqotchi Jiankarlu Lelli ommaga ochiq kvant kompyuteri yordamida 15 bitli elliptik egri chiziq kalitini buzib ochishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu texnologiya "Bitcoin", "Ethereum" va boshqa ko'plab blokcheyn tarmoqlari xavfsizligini ta'minlovchi raqamli imzo sxemalarining matematik asosi hisoblanadi. Project Eleven startapi ushbu voqeani kriptografiya tarixidagi eng yirik kvant hujumi deb baholadi va tadqiqotchini 1 BTC miqdoridagi mukofot bilan taqdirladi. Bu haqda Bits.media xabar beradi.

Lelli o'z tajribasida elliptik egri chiziqlarda diskret logarifmlash masalalarini yechishga yordam beruvchi Shor algoritmining maxsus turidan foydalangan. U 32 767 ta variant orasidan ochiq kalit asosida shaxsiy kalitni aniqlashga erishdi. O'tgan yilning sentyabr oyida muhandis Stiv Tippekonnik 6 bitli kalitni buzgan edi, biroq Lellining natijasi undan 512 marta yuqori ko'rsatkichni qayd etdi.

Hozircha ushbu yutuq "Bitcoin" xavfsizligiga bevosita xavf tug'dirmaydi, chunki eng mashhur kriptovalyuta hamyonlari 256 bitli elliptik egri chiziqli kriptografiya bilan himoyalangan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, 15 bitdan 256 bitgacha bo'lgan masofa hali katta, ammo bu endi fundamental fizik muammo emas, balki muhandislik vazifasiga aylanib bormoqda. Bu esa tezroq postkvant kriptografiyasiga o'tish zarurligini anglatadi.

Project Eleven ma'lumotlariga ko'ra, taxminan 6,9 mln bitkoin ochiq kalitlari blokcheynda ko'rinib turgan hamyonlarda saqlanmoqda. Bu esa kelajakda yanada kuchli kvant kompyuterlari yaratilganda ularni zaif qilib qo'yishi mumkin. Google Research hisob-kitoblariga ko'ra, 256 bitli himoyani buzish uchun 500 000 dan 10 000 gacha fizik kubitlar talab qilinishi mumkin, ammo hozirgi tizimlar hali bu darajaga yetgani yo'q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Kvant kompyuteri ilk bor 15 bitli kriptografik kalitni buzdi