date

Microsoft yangi qoidasi kompyuterni majburiy yangilash va o'chirishni bekor qiladi

Microsoft yangi qoidasi kompyuterni majburiy yangilash va o'chirishni bekor qiladi

"Microsoft" korporatsiyasi "Windows 11" operatsion tizimining yangilanish mexanizmiga muhim o'zgarishlar kiritilganini e'lon qildi. Endilikda foydalanuvchilar tizim yangilanishlarini cheksiz marta kechiktirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Avvalgi qoidalarga ko'ra, yangilanishlarni maksimal 35 kunga to'xtatib turish mumkin edi, yangi tizimda esa ushbu muddatni istalgancha qayta-qayta uzaytirish imkoni yaratildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya xodimi Ariya Xansonning tushuntirishicha, yangi kalendar interfeysi orqali foydalanuvchilar 35 kungacha bo'lgan aniq sanani tanlashlari mumkin. Agar bu vaqt yetarli bo'lmasa, pauza muddati tugagach, uni yana qaytadan faollashtirish imkoniyati mavjud. Bu funksiya ayniqsa muhim konferensiyalar, imtihonlar yoki safarlar vaqtida kompyuterning kutilmaganda yangilanishini oldini olish uchun ishlab chiqilgan.

Yana bir muhim o'zgarish kompyuterni o'chirish va qayta yuklash menyusi bilan bog'liq. Ilgari yangilanish yuklab olingan bo'lsa, tizim foydalanuvchini «Yangilash va o'chirish» kabi buyruqlar orqali yangilanishni o'rnatishga majbur qilar edi. Endi esa «Microsoft» standart o'chirish va qayta yuklash tugmalarini qaytarishga va'da bermoqda. Shuningdek, drayverlar nomida ularning qaysi qurilmaga tegishli ekanligi (ekran, audio, batareya) aniq ko'rsatiladi.

Kompaniya mutaxassislari yangilanishlarni bir oy davomida bir necha marta emas, balki guruhlangan holda taqdim etishni rejalashtirmoqda. Garchi yangi qoidalar foydalanuvchilarga ko'proq erkinlik bersa-da, ishlab chiquvchilar tizim xavfsizligi va barqarorligi uchun muntazam yangilanishlar muhimligini eslatib o'tishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Microsoft yangi qoidasi kompyuterni majburiy yangilash va o'chirishni bekor qiladi