Anchelotti Braziliya bilan kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti kelajagi borasida aniq qarorga keldi. Globo Esporte xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi va italiyalik mutaxassis hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti yangi shartnomani fevral oyida imzolashi kutilmoqda. Yangi bitim shartlariga asosan, u Braziliya milliy jamoasini 2030 yilgi Jahon chempionati yakunigacha boshqaradi.
Qayd etilishicha, Braziliyada yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidagi natijalardan qat’i nazar, Anchelotti bilan ishlashni davom ettirish niyatida. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar oktyabr oyida boshlangan, o‘tgan yil yakuniga kelib esa yanada jadallashgan. Endi tomonlar faqat byurokratik masalalarni hal qilib olishi qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!