PSJ Bavariya vingeri Olise uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Maykl Olise faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, vingerga «PSJ» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parij klubi yozgi transfer oynasida Olise uchun «Bavariya»ga 100 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq nemis grandi futbolchini qo‘ldan chiqarmoqchi emas va uning uchun shartnomani yaxshilash ustida ishlamoqda.
Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan 53 million yevro evaziga «Bavariya» safiga qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 29 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 21 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali fransuz futbolchisining bozor qiymatini 130 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!