De Dzerri Rabioni sog'inishini yashirmadi va uni maqtab o'tdi

"Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Dzerri o'tgan mavsum birga ishlagan yarimhimoyachi Adrien Rabiotni iliq xotiralar bilan esladi. Hozir fransuz futbolchisi "Milan" safida to'p surmoqda va maydondagi nafis o'yini bilan yana ko'pchilikning e'tiborini tortyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Dzerrining aytishicha, Rabio har tomonlama foydali futbolchi: himoyada ham, hujumda ham birdek ishlay oladi, vaziyatni yorib o'tish qobiliyatiga ham ega. Mutaxassis ular xayrlashgan payt hammasi kutilgandek kechmaganini tan olsa-da, Rabio jamoaga Yevropa Chempionlar ligasiga chiqishda katta hissa qo'shganini, ko'pincha aynan uning o'yini hal qiluvchi omil bo'lganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Rabio yaqinda "Milan" tarkibida ilk bor dubl qayd etib, "Komo" darvozasiga ikki gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!