Klopp Aleksander-Arnold himoyasiga oid tanqidlarni rad etdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga yana bir bor munosabat bildirdi. Mutaxassis futbolchining himoyadagi harakatlari borasidagi shubhalarni asossiz deb hisoblamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Gari Nevill Aleksander-Arnoldning himoyadagi kamchiliklari sababli Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt unga pley-off o'yinlarida ishona olmasligini aytgan edi. Klopp ushbu fikrlarga keskin raddiya berdi.
«Trent hozir 24 yoshda va u ko'plab finallarda, dunyo darajasidagi futbolchilarga qarshi muhim o'yinlarda g'alaba qozongan. U har doim o'sha yerda edi va yaxshi himoyalandi.
Nima uchun bu mavzuni muhokama qilayotganimizni tushunmayapman», — dedi Klopp jurnalistlar bilan suhbatda.
Aleksander-Arnold Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan. Ris Jeyms jarohat olgani va Kayl Uokerning jismoniy holati so'roq ostida ekani sababli, «Liverpul» himoyachisida Qatardagi turnirda asosiy tarkibdan joy olish imkoniyati ortishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Aleksander-Arnold joriy mavsumda Premyer-ligada har 90 daqiqada o'rtacha 9,5 ta progressiv uzatma amalga oshirib, bu ko'rsatkich bo'yicha chempionatda yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!