date

Aleksandr-Arnold Messini eng kuchli raqib deb tanladi

Aleksandr-Arnold Messini eng kuchli raqib deb tanladi

«Liverpul» klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'zi birga to'p surgan va qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchilar haqida fikr bildirdi. Himoyachi «GOAL» nashriga bergan intervyusida Lionel Messi va Muhammad Salahning mahoratiga yuqori baho berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Aleksander-Arnold misrlik hujumchi Muhammad Salahni «Liverpul»dagi eng yaxshi jamoadoshi deb hisoblaydi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolda gol urish eng qiyin vazifa bo'lib, Salah buni uzoq yillar davomida barqaror ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Faoliyatidagi eng qiyin raqib haqidagi savolga futbolchi hech ikkilanmasdan Lionel Messini tanladi. Trent argentinalik yulduzni ta'riflash uchun ortiqcha so'z topa olmasligini va u shunchaki tarixdagi eng yaxshi o'yinchi ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, himoyachi jamoasidagi boshqa sheriklariga ham to'xtalib o'tdi. U Ibrahima Konateni tarkibdagi eng tezkor va eng kuchli o'yinchi deb atadi.

Roberto Firmino esa jamoaning eng aqlli futbolchisi sifatida e'tirof etildi.

Kiyinish borasida Aleksander-Arnold Jordan Xenderson va Aleks Oksleyd-Chemberlenning uslubini ma'qulladi. Kostas Simikas esa kiyinish borasida eng yomon tanlovga ega futbolchi sifatida qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr-Arnold Messini eng kuchli raqib deb tanladi