Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod etib tayinlandi

«Real Madrid» rahbariyati kelasi yozda jamoani boshqarish uchun Jose Mourinhoni asosiy nomzod sifatida tanladi. 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis 13 yildan so'ng Madridga qaytishi kutilmoqda. U hozirda «Benfica» bilan 2027 yilgacha shartnomaga ega, lekin 3 million evro tovon puli bilan klubga o'tishi mumkin. «Real Madrid» joriy mavsumda sovrinlar uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo jamoa ko'plab muammolar bilan yuzlashmoqda.
«Real Madrid» rahbariyati yaqin oylarda jamoaning murabbiylik masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda. Klub prezidenti Florentino Perez kelasi yozda jamoani boshqarish uchun Joze Mourinyoni asosiy nomzod sifatida tanladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
«The Athletic» nashrining xabar berishicha, 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis 13 yildan so'ng Madridga qaytishi kutilmoqda. U hozirda ketishi kutilayotgan Alvaro Arbeloaning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan eng asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Mourinyoning «Benfika» bilan 2027-yilgacha shartnomasi bor, biroq uning kelishuvida 3 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan. Bu mablag' «Real Madrid» uchun muammo tug'dirmaydi.
Murabbiyning o'zi kelajagi haqidagi savollarga aniq javob bermay, hammasi klub tuzilmasiga bog'liqligini ta'kidladi.

Madridliklar avvalroq Yurgen Klopp va Didye Desham nomzodlarini ko'rib chiqqan edi, biroq har ikki mutaxassis taklifni rad etgan. Shuningdek, nomzodlar orasida Lionel Skaloni va Sebastyan Xenness ham bor edi.
«Real Madrid» joriy mavsumda sovrinsiz qolish arafasida turibdi. Jamoa Ispaniya kubogidan chiqib ketdi, chempionatda esa «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.
Chempionlar ligasidagi yurish esa chorak finalda «Bavariya»ga qarshi o'yinlardan so'ng yakunlandi.






























Izohlar 0
…