«Arsenal» Xulian Alvaresni sotib olishga qiziqish bildirmoqda

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning yozgi transfer oynasida «Arsenal»ga o'tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Murabbiy London klubi argentinalik futbolchini kuzatib borayotgan elita jamoalar qatorida ekanini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining «Arsenal»ga qarshi dastlabki uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Simeone o'z yulduziga bo'layotgan qiziqishlarni izohladi. Uning so'zlariga ko'ra, kuchli hujumchining Yevropaning yetakchi klublari e'tiborida bo'lishi mutlaqo tabiiy jarayondir.

«Arsenal» ayni damda Angliya Premyer ligasida peshqadamlik qilmoqda va tarkibni kuchaytirish uchun Alvares nomzodini asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rmoqda. Futbolchining kelajagi borasidagi yakuniy qaror mavsum yakunlangach qabul qilinishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!