Joze Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga qaytishi kutilmoqda

Zhoze Mourinyo "Real Madrid" bosh murabbiyligiga qaytishi kutilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres, hozirgi murabbiy Alvaro Arbeloaning muvaffaqiyatsiz natijalari sababli iste'foga chiqishi mumkinligini hisobga olib, Mourinyo bilan qayta ishlashni o'ylamoqda. Mourinyo "Benfika" bilan shartnomasida tovon puli borligi uning Madridga o'tishini osonlashtiradi.
«Real Madrid» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo yana «Santyago Bernabeu»ga qaytishi mumkin. Madridliklar prezidenti Florentino Perez ayni damda «Benfika»ni boshqarayotgan mutaxassisni jamoaga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirgi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari sababli iste'foga chiqarilishi kutilmoqda. Perez aynan «Maxsus» laqabli murabbiy tarkibni inqirozli holatdan olib chiqishiga ishonmoqda.
Mourinyoning «Benfika» bilan shartnomasida tovon puli haqidagi band mavjud bo'lib, bu uning Madridga o'tishini osonlashtiradi. Agar Arbeloa yaqin vaqt ichida natijalarni yaxshilay olmasa, portugaliyalik mutaxassis ikkinchi marta «qirollik klubi» boshqaruvini qo'lga oladi.






























Izohlar 0
…