date

Trent Aleksander-Arnold "Bavariya" bilan o'yindagi xatolari uchun tanqid qilindi

Trent Aleksander-Arnold "Bavariya" bilan o'yindagi xatolari uchun tanqid qilindi

"Real Madrid" o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida "Bavariya"ga qarshi o'yindagi harakatlari uchun keskin tanqid qilindi. Madridda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"Manchester Yunayted" afsonasi Roy Kin angliyalik futbolchining o'yinini qattiq qoraladi. Uning ta'kidlashicha, Aleksander-Arnold Luis Diasning birinchi gol urishiga yo'l qo'yib bergan vaziyatda juda sust harakat qilgan.

Garchi Trent Kilian Mbappening yagona goliga assistentlik qilgan bo'lsa-da, bu uning himoyadagi kamchiliklarini yopa olmadi.

«Men charchadim. Har bir katta o'yinda bir xil holat takrorlanadi.

Odamlar doim uning paslari qanchalik yaxshi ekani haqida gapirishadi, lekin himoyadagi asosiy vazifalar nima bo'ladi? Chempionlar ligasi darajasida bunday xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi», — dedi Kin CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Ekspertning fikricha, Luis Diasning himoyachini osongina ortda qoldirishi qabul qilib bo'lmas holatdir. Kin futbolchining harakatlarini «bolalarcha xato» deb atadi va u o'z pozitsiyasida hech qachon o'ynamagandek taassurot qoldirganini qo'shimcha qildi.

Ma'lumot uchun, Aleksander-Arnold joriy mavsum boshida "Liverpul"dan "Real Madrid" safiga kelib qo'shilgan edi.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi kelasi chorshanba kuni Myunxen shahridagi «Alyans Arena» stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda "PSJ" hamda "Liverpul" qarama-qarshiligi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent Aleksander-Arnold "Bavariya" bilan o'yindagi xatolari uchun tanqid qilindi