date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning “Xirosima” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shu tariqa “Shanxay Shenxua” uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi