Bavariyada eng ko‘p maosh oladigan futbolchi Musiala bo‘ldi

Myunxenning «Bavariya» klubida eng yuqori maosh oladigan futbolchi kim ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Kristian Falk xabariga ko‘ra, hozirda jamoada eng katta daromad egasi — hujumkor yarim himoyachi Jamal Musiala. Manbaga ta’kidlanishicha, bonuslarni ham qo‘shib hisoblaganda, 22 yoshli futbolchining yillik maoshi qariyb 30 million yevroni tashkil etadi. Qiziq tomoni, hatto jamoa yulduz hujumchisi Garri Keyn ham undan kamroq maosh oladi.
Joriy mavsumda Musiala Germaniya chempionatida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golga assist qayd etdi. Yarim himoyachi yanvargacha og‘ir jarohatdan tiklanish jarayonida bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing