Sebastian Shimanjski faoliyatini fransuzning Renn klubida davom ettiradi

Moskvaning «Dinamo» klubida o'ynagan yarim himoyachi Sebastian Shimanjski fransuzning «Renn» jamoasiga ko'chib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi «Fenerbahche»dan 9,5 million yevro evaziga xarid qilindi.
2025/2026 yilgi mavsumda Shimanjski barcha klub turnirlarida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
26 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Hozirda Shimanjski jarohatdan tiklanmoqda: unda chov sohasida cho'zilish bor. Uning qachon safga qaytishi bo'yicha aniq muddat hozircha ma'lum emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing