Titanikni ham ortda qoldiruvchi dunyodagi eng katta va hashamatli kruiz

Titanikni ham ortda qoldiruvchi dunyodagi eng katta va hashamatli kruiz
Qisqacha

Qurilishiga 2 milliard dollar sarflangan dunyodagi eng yirik kruiz layneri o‘zining ulkan o‘lchamlari bilan mashhur "Titanik"ni ham ortda qoldiradi. Uzunligi 3,5 ta futbol maydoniga teng bo‘lgan ushbu "suzuvchi shahar"da 20 ta paluba, tropik bog‘, akvapark va 40 dan ortiq restoranlar mavjud. Layner bir vaqtning o‘zida 10 mingga yaqin kishini, ya’ni 7 mingdan ortiq yo‘lovchi va 2 ming nafar ekipaj a’zosini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Besh yulduzli mehmonxona sharoitlarini taqdim etuvchi ushbu kema okean o‘rtasidagi haqiqiy hashamat timsolidir.

Ushbu Titanikni ham dog’da qoldiruvchi eng katta kema qurilishiga 2 milliard dollar sarflangan. Uzunligi 3,5 ta futbol maydonidek keladi va u haqiqiy suzuvchi shaharni eslatadi.

Kemada 20 ta paluba mavjud. Unda tropik o’simliklarga boy markaziy park, katta akvapark, karting trassasi, 30 dan ortiq attraksion va 40 dan ziyod restoran hamda barlar mavjud.

Bundan tashqari besh yulduzli mehmonxona bilan tenglasha oladigan hashamatli mehmonxonalari ham bor.

Bu layner bir vaqtning o’zida 7 mingdan ortiq yo’lovchini hamda 2 ming ekipaj a’zosini sig‘dira oladi hamda u ochiq okeanda birga suzib borayotgan deyarli 10 ming kishilik ulkan shahardir.

Titanikni ham ortda qoldiruvchi dunyodagi eng katta va hashamatli kruiz

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar