date

Komila lolo turmushga chiqdi: muxlislarni quvontirgan yangilik (video)

Komila lolo turmushga chiqdi: muxlislarni quvontirgan yangilik (video)

Komila lolo nomi bilan tanilgan Kamila Vladislavovna o‘zining yana bir quvonchli yangiligini muxlislari bilan bo‘lishdi. U Instagram sahifasiga joylagan videopost orqali 24 aprel kuni to‘yi bo‘lganini ma’lum qildi.

U post ostida: “24.04.2026. Baxt oddiylikda” deya izoh qoldirgan. Videodan ko‘rinishicha, to‘y marosimi juda chiroyli, samimiy va fayzli o‘tgan. Yosh kelin-kuyovning baxtli damlari ularning yuz ifodasi va kayfiyatidan yaqqol sezilib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda esa kuzatuvchilar ularga baxt tilab, samimiy tabrik so‘zlarini yozishmoqda. Ko‘plab muxlislar bu juftlikning kelajakdagi hayotiga omad va baxt tilab qolishmoqda.

Komila lolo boshqa bloger va aktrisalardan o‘zining hazil-mutoyibaga boy uslubi, yuqori kayfiyat ulashishi hamda sodda va samimiy xarakteri bilan ajralib turadi. Shu sababli u keng auditoriya orasida o‘z o‘rnini topgan ijodkorlardan biri sifatida tanilgan.

Biz ham ushbu yosh oilaga mustahkam baxt, sog‘lik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Komila lolo turmushga chiqdi: muxlislarni quvontirgan yangilik (video)