Ugarov Kyurasao va Kabo-Verdega Rossiya bilan o‘ynashni maslahat qildi

“Zenit”ning sobiq futbolchisi Denis Ugarov Kyurasao hamda Kabo-Verde terma jamoalarining 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqqani haqida kinoya aralash fikr bildirdi. U bu haqda “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ugarovning aytishicha, bu jamoalar mundal final bosqichiga yo‘l olishdan oldin Rossiya terma jamoasiga qarshi sinov o‘yinida maydonga tushishi kerak edi. Ekspert bunday uchrashuv ularning haqiqiy kuchini bilish uchun eng yaxshi mezon bo‘lishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Dik Advokat boshqaruvidagi Kyurasao E guruhida Germaniya, Ekvador va Kot-d’Ivuar bilan bellashadi. Kabo-Verde esa H guruhidan o‘rin olib, Ispaniya, Urugvay va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!