Konseysau Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga kerakligini aytdi

“Yuventus” qanot hujumchisi Fransishku Konseysau Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun qanchalik muhim ekani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
40 yoshli “Al-Nasr” forvardi saralash o‘yinlarida beshta gol urib, Portugaliyaga 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda katta hissa qo‘shdi.
Konseysauga “Portugaliya Ronaldu bo‘lmasa yaxshiroq o‘ynaydi” degan gaplar yuzasidan savol berildi.
Futbolchining ta’kidlashicha, har kimning o‘z qarashi bo‘lishi mumkin, ammo jamoa Ronaldu xizmatini hanuz bebaho deb hisoblaydi. Konseysau “u terma jamoa uchun qilgan va hozir ham qilayotgan ishlarini inkor etib bo‘lmaydi, agar doimiy gol urishda davom etsa, jamoaga juda katta foyda keltiradi”, dedi. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya JCh-2026da O‘zbekiston va Kolumbiya bilan bir guruhdan o‘rin oladi. Guruhdagi uchinchi raqib pley-off yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!