date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus”i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yoʻl oldi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham toʻp surgan, hatto klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qoʻlga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yaqinroq rol uchun qaytmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokida rasmiy tarzda tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Ta’kidlanishicha, Trezege klubning strategik masalalari bilan shugʻullanadi hamda “River Pleyt” manfaatlarini institutisonal darajada himoya qilib, vakillik qiladi.

Eslatib oʻtamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi