Anthropic ikki hafta ichida o'z qiymatini 900 milliard dollarga yetkazmoqchi

Anthropic sun'iy intellekt kompaniyasi investorlaridan yangi moliyalashtirish bosqichiga arizalar qabul qilishni so'ramoqda va ikki hafta ichida 50 milliard dollarlik sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya o'z qiymatini 900 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan, ammo yuqori talab tufayli bu ko'rsatkich oshishi mumkin. Yil oxirida kutilyotgan IPO davrida ba'zi investorlar o'z ulushlarini sotishni rejalashtirmoqda. Anthropic shu oyda yillik daromadini 30 milliard dollardan oshganini e'lon qildi.
Anthropic sun'iy intellekt kompaniyasi investorlardan keyingi 48 soat ichida yangi moliyalashtirish bosqichi uchun arizalar topshirishni so'ramoqda. Manbalarga ko'ra, taxminan 50 milliard dollarlik sarmoya bosqichi ikki hafta ichida yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Kompaniya o'z qiymatini 900 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Biroq, investorlarning yuqori talabi tufayli yakuniy baholash bu ko'rsatkichdan ham oshib ketishi mumkin.
Ba'zi ilk sarmoyadorlar bu bosqichni o'tkazib yubormoqda. Ular joriy yil oxirida kutilayotgan IPO davrida o'z ulushlarini sotishni rejalashtirgan.
Bu kompaniyaning ommaviy savdoga chiqishidan oldingi so'nggi xususiy sarmoya jalb qilishi bo'lishi ehtimoli yuqori.
Shu oyda Anthropic yillik daromadi 30 milliard dollardan oshganini e'lon qildi. Moliyaviy manbalarga ko'ra, aslida bu ko'rsatkich 40 milliard dollarga yaqinlashgan.
Fevral oyida kompaniya 380 milliard dollarlik baholash bilan sarmoya jalb qilgan edi. Yangi 900 milliard dollarlik qiymat bilan Anthropic o'zining asosiy raqobatchisi bo'lgan OpenAI kompaniyasini ortda qoldiradi.






























Izohlar 0
…