date

Konseysau Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi ahamiyatini baholadi

Konseysau Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi ahamiyatini baholadi

“Yuventus” qanot hujumchisi Fransishku Konseysau Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi uchun qanchalik zarurligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

40 yoshli “Al-Nasr” forvardi saralash uchrashuvlarida beshta gol urib, Portugaliyaning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga yoʻllanma olishi uchun muhim hissa qoʻshdi.

Intervyuda Konseysaudan “baʼzilar Portugaliya Ronaldusiz yaxshiroq o‘ynaydi” degan gaplarga munosabati so‘raldi.

Futbolchi har kimning o‘z qarashi bo‘lishi mumkinligini taʼkidlarkan, jamoa baribir Ronalduni bebaho futbolchi deb bilishini aytdi. Konseysau fikricha, u hozir ham muntazam gol urishda davom etsa, terma jamoaga juda katta foyda keltiradi.

Portugaliya 2026 yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston va Kolumbiya bilan bir guruhda oʻynaydi. Guruhdagi uchinchi raqib pley-off natijalariga ko‘ra maʼlum bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konseysau Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi ahamiyatini baholadi