Bonni goli haqida gapirdi Inter g'alabasi yanada yoqimli

Italiya A Seriyasining 22-turi “Inter”ning “Piza” ustidan yirik hisobdagi g'alabasi bilan boshlandi. Kristian Kivu shogirdlari raqib darvozasiga 6 ta gol urib, 6:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Anj-Yoan Bonni ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin hujumchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: “Gol urish albatta yoqimli, ammo g'alaba qozonish undan ham yoqimlroq. Endi juda muhim o'yin oldidan yaxshilab dam olishimiz kerak”, — deya uning so'zlarini fcinter1908.it keltirdi.
Bu g'alaba orqali milanliklar chempionat jadvalidagi peshqadamligini yana bir bor mustahkamladi. Keyingi turda “Inter” A Seriyasida “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing