date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U bir vaqtlar “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu gal Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yaqinroq rol uchun keldi: u “River Pleyt” rahbariyati tarkibidan o‘rin oladi. Uning aniq lavozimi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub sobiq futbolchini butun rahbariyat ishtirokida rasmiy tarzda tanishtirdi.

Taqdimotda Trezege klubning strategik masalalari bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi