Enrike PSJ Oserga qarshi o'yinda ko'proq natijaga loyiq edi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 19-turida Oserga qarshi bahsda jamoasi 1:0 hisobidan kattaroq ustunlikni ko'rsatishga arzigulik o'ynaganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parijliklar safarda minimal g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bredli Barkola bo'ldi.
«Hisob bor-yo'g'i 1:0, lekin menimcha, biz ko'proq narsaga loyiq edik. Har bir o'yinda g'alaba qozonish qanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz», — dedi Enrike klub matbuot xizmatiga.
Mutaxassis safarda o'ynash doim mushkul bo'lishini ham qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, parijliklar uchun muhim vazifa turnir jadvalidagi raqiblardan biri bo'lgan Lansga bosimni ushlab turish edi.
G'alabadan so'ng PSJ vaqtincha turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi, biroq agar Lans safarda Marselni mag'lub etsa, parijliklar yana birinchi o'rinni boy berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!