Xiaomi Myunxen shahrida yangi tadqiqot markazini ochdi

Texno1 daqiqa o'qish201
Xiaomi Myunxen shahrida yangi tadqiqot markazini ochdi

Xitoyning "Xiaomi Auto" kompaniyasi Germaniyaning Myunxen shahrida o'zining Yevropadagi ilmiy-tadqiqot markazini ishga tushirdi. Ushbu markaz brendning elektromobillar bozoridagi mavqeini mustahkamlash va 2027-yilga rejalashtirilgan Yevropa bozoriga chiqish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi markazda 50 ga yaqin mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Unga ilgari "BMW" kompaniyasining poyga avtomobillari loyihasida ishlagan Rudolf Dittrix rahbarlik qilmoqda.

Shuningdek, avtomobillarning dinamik xususiyatlarini ishlab chiqishga "BMW"ning yana bir tajribali xodimi Klaus-Diter Groll mas'ul etib tayinlandi.

Kompaniya bosh direktori Ley Szyun Pekin avtosalonida ma'lum qilishicha, markaz yuqori unumdorlikka ega avtomobillar, premium dizayn va ilg'or texnologiyalar ustida ishlaydi. Jamoa tarkibiga "BMW", "Porsche", "Lamborghini" va "Mercedes-Benz" kabi nufuzli brendlarda tajriba orttirgan muhandis va dizaynerlar jalb etilgan.

Yevropalik mutaxassislar ishtirokida yaratilgan ilk model "SU7 Ultra" krossoverining yuqori quvvatli versiyasi bo'ladi. Ushbu elektromobil may oyi oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

"Xiaomi" ushbu model orqali yuqori texnologiyali va premium segmentdagi o'rnini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?