Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan g'alabani ta'minladi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan keyin «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'arib, 3-pog'onaga ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing