date

Igor Diveyev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratni esladi

Igor Diveyev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratni esladi

«Zenit» va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Igor Diveyev arxivdagi suratini muxlislar bilan bo‘lishdi. Unda 10 yoshli Diveyev Germaniya terma jamoasi futbolchilari yonida tasvirga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda Lukas Podolski, Bastian Shvaynshtayger va Mesut Ozil ko‘rinadi. Fotosurat Rossiya – Germaniya o‘rtasidagi JCH–2010 saralash uchrashuvi oldidan olingan bo‘lib, o‘sha paytda yosh Diveyev futbolchilar bilan birga maydonga chiqqan.

«Terma jamoamiz bilan maydonga ilk bor chiqishim! Rost, Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan birga», — deb yozdi Diveyev.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yil oktyabrida Moskvaning «Lujniki» stadionida o‘tgan o‘yinda Rossiya Germaniyaga 0:1 hisobida yutqazgan, yagona gol muallifi Miroslav Kloze bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Igor Diveyev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratni esladi