Flik Chexiyadagi ikki gol sababini sovuq bilan bog'ladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chexiyadagi safar uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida jamoa standart vaziyatlar ustida ishlay oldimi, degan savolga javob berdi. Hafta o'rtasida kataloniyaliklar "Slaviya"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi, raqibning ikkala goli ham burchak to'pidan so'ng urildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Flikning aytishicha, Pragadagi o'yin o'ziga xos kechgan: havo sovuqligi sabab jamoaga moslashish uchun vaqt kerak bo'lgan. Murabbiy ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol epizodini ham izohlab, Levandovskida vaziyatga reaksiya qilishga vaqt bo‘lmaganini ta'kidladi. Shuningdek, u jamoasiga ishonishini, avval "Barselona" himoyada yaxshi harakat qilganini va klub tarixan bo'ychan futbolchilar ko'p bo'lmagani bois bunday vaziyatlarda to'g'ri boshqaruv muhimligini qo'shimcha qildi.
Yakshanba kuni "Barselona" o'z maydonida "Real Ovyedo"ga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!