iPhone uchun 129 dollarlik SpeakOn diktant qurilmasi taqdim etildi

Notta kompaniyasiga tegishli "SpeakOn" brendi iPhone foydalanuvchilari uchun mo'ljallangan maxsus diktant qurilmasini taqdim etdi. MagSafe texnologiyasi yordamida smartfonning orqa qismiga yopishadigan ushbu gadjet 129 dollar narxda baholanmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Qurilmaning asosiy vazifasi ovozli nutqni matnga o'girish va turli ilovalarda tezkor foydalanishni ta'minlashdan iborat.
Vazni atigi 25 gramm bo'lgan qurilma o'zining mikrofoniga ega bo'lib, smartfon mikrofonidan mustaqil ishlaydi. Foydalanuvchi tugmani bosib turgan holda gapirishi kifoya, shunda maxsus klaviatura ilovasi nutqni avtomatik ravishda matnga aylantiradi.
Tizim nutqdagi ortiqcha so'zlarni filtrlaydi va matnni ro'yxat ko'rinishida shakllantira oladi.
Sinovlar davomida qurilmaning mikrofon sifati va dasturiy cheklovlari borasida kamchiliklar aniqlandi. Xususan, ovozni sifatli yozib olish uchun smartfonni yuzga yaqin tutish talab etiladi.
Shuningdek, sun'iy intellekt asosidagi tahrirlash funksiyasi ba'zan so'zlarni asossiz ravishda o'zgartirib yuborishi kuzatilgan.
Gadjet 10 soat davomida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega va bir soat ichida to'liq quvvatlanadi. Qurilma ingliz, ispan, fransuz va rus tillari kabi bir qancha tillarni qo'llab-quvvatlaydi.
Hozircha faqat iOS platformasida ishlaydigan ushbu texnologiya kelajakda Mac kompyuterlari bilan ham moslashishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!