David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U faoliyati davomida “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege maydondagi emas, klub ichidagi vazifani bajaradi — u “River Pleyt”ning boshqaruv tarkibiga qo‘shilmoqda. Klub uni rahbariyat ishtirokida taqdimot orqali tanishtirdi.
Fransuz mutaxassisning aniq lavozimi ochiqlanmadi, biroq u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va klubni institutsional darajada namoyon etishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, David Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing