Keyn va Olise Augsburgga qarshi start tarkibda tushadi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi shanba oqshomida Bundesliganing navbatdagi turida o‘z maydonida «Augsburg»ni qabul qiladi. Bosh murabbiy Vensan Kompani uchrashuvni ilk daqiqalardanoq quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Urbig, Ito, Min-Djye, Ta, Devis, Pavlovich, Goretska, Dias, Olise, Karl, Keyn.
«Bavariya» – «Augsburg» o‘yini 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bellashuv tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
Turnir jadvalida «Bavariya» birinchi o‘rinda bormoqda. Myunxenliklarning ikkinchi pog‘onadagi raqibdan ustunligi 11 ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing