Monako hujumchisi Gavrga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

Monako hujumchisi Folarin Balogun Liga 1ning 19-turida Gavrga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan jamoa kayfiyati va kutilyotgan sinov haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Forvardning aytishicha, monakoliklar bugungi raqibni hurmat qiladi, biroq safarda ham faqat g'alaba va uch ochko uchun maydonga tushishni maqsad qilgan.
«Juda jismonan kuchli jamoaga qarshi og'ir bahs kutyapti. Biz xohlasak, Real bilan o'tgan o'yinni o'ylab o'tira olardik, lekin bu bizga yordam bermaydi», — deya Balogunning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o'tamiz, hafta o'rtasida Monako Chempionlar ligasida Madridning Real klubiga 1:6 hisobida yirik mag'lub bo'lgandi.
18 turdan keyin Monako 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Gavr — Monako uchrashuvi 24-yanvar kuni raqib maydonida bo'lib o'tadi va 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!